O'tgan yili REVO CUP musobaqasi orqali yuzlab yosh iqtidorlarni bir maydonga jamlagan bo'lsak, bu yil biz yangi bosqichga qadam qo'ymoqdamiz. REVO jamoasi barchani mutlaqo yangi formatdagi, yirik IT-konferensiya — REVO DAY 2026 ga taklif etadi!
24-mart kuni Al-Khwarizmi University'da bo'lib o'tadigan ushbu uchrashuv IT, texnologiyalar va startaplar olamiga qiziqqan har bir inson uchun haqiqiy bilim va netvorking manbaiga aylanadi. Bu safar biz nafaqat o'z tajribamizni bo'lishamiz, balki sohaning yetakchi ekspertlari, xalqaro tajribaga ega mutaxassislar va investorlarni bir sahnaga jamlaymiz.
Konferensiyada qanday mavzular muhokama qilinadi?
Maxsus mehmonlarimiz va jamoamiz a'zolari IT industriyasining eng dolzarb yo'nalishlarida o'z bilimlari bilan o'rtoqlashadilar:
-
Startaplar va Venchur investitsiyalar: G'oyani qanday qilib muvaffaqiyatli biznesga aylantirish va xalqaro venchur fondlaridan sarmoya jalb qilish sirlari.
-
Sun'iy Intellekt va Machine Learning: AI modellarining kelajagi hamda sun'iy intellektnes va dasturlash o'rtasidagi chegaralarni qanday yo'q qilayotgani haqida tahlil.
-
Kiberxavfsizlik: Tizimlar va mobil ilovalar xavfsizligini ta'minlash, shuningdek, OpenClaw kabi sun'iy intellekt tizimlari bilan ishlashda xavfsizlik protokollari.
-
Menejment va Dasturlash madaniyati: Dasturiy ta'minot yaratish sikllari, "Vibe-coding" nima ekanligi va jarayonlarni avtomatlashtirish.
-
Jamoaviy qadriyatlar: Insoniylik va o'zaro ishonchga asoslangan, yengilmas jamoani shakllantirish falsafasi.
(Har bir yo'nalish bo'yicha chiqish qiladigan spikerlarimizning ismlari va mavzularning to'liq nomini tez kunda alohida post orqali e'lon qilamiz. Bizni kuzatishda davom eting!)
Ushbu tadbir sizga nima beradi?
-
REVO'da yirik loyihalar qanday yaratilishi haqida "ichki" ma'lumotlar;
-
IT sohasidagi muvaffaqiyatli mutaxassislarning real tajribalari;
-
Kuchli mutaxassislar va bizning jamoamiz bilan yaqindan tanishish imkoniyati;
-
Karyera va biznesingiz uchun yangi istiqbollar.
Tadbir tafsilotlari:
📅 Sana: 24-mart, 2026-yil
⏰ Vaqt: 14:00
📍 Manzil: Al-Khwarizmi University
Ro'yxatdan o'tish
Joylarmiz soni chegaralangan! Konferensiyada ishtirok etish uchun hoziroq saytimiz orqali ro'yxatdan o'ting:
🔗 Registratsiyadan o'tish
Yangiliklarni revolution.uz, ijtimoiy tarmoqlar va Telegram kanalimizda kuzatib boring.