Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Revolution Global’ning Xorazmdagi ofisiga tashrif buyurdi.

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Revolution Global’ning Xorazmdagi ofisiga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Revolution Global’ning Xorazmdagi ofisiga tashrif buyurib, kompaniya faoliyati, amalga oshirilayotgan texnologik loyihalar va istiqboldagi rejalar bilan yaqindan tanishdi.

Revolution Global — IT Park rezidenti bo‘lib, zamonaviy raqamli mahsulotlar yaratish, biznes jarayonlarini raqamlashtirish hamda yangi texnologik yechimlarni ishlab chiqish yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan IT kompaniya.

Mahalliy loyihalardan yangi texnologik yechimlargacha.Tashrif davomida vazirga Revolution Global jamoasi tomonidan erishilgan natijalar, bugungi kunda rivojlantirilayotgan mahsulotlar hamda yangi loyihalar taqdim etildi.Xususan, biznes jarayonlarini raqamlashtirishga qaratilgan Avtomato platformasining rivojlanish bosqichlari va imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, Bitim loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va mahsulotni yanada rivojlantirish bo‘yicha rejalar taqdim etildi.

Uchrashuvning muhim yo‘nalishlaridan biri sun’iy intellekt bo‘ldi. Revolution Global jamoasi tomonidan o‘zbek tilida tabiiy muloqot qila oladigan sun’iy intellekt modelini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar vazirga tanishtirildi. Loyihaning bugungi bosqichi, imkoniyatlari va kelgusidagi rivojlanish yo‘nalishlari haqida fikr almashildi.

REVO Media faoliyati ham taqdim etildi.

Sherzod Shermatov tashrif davomida REVO Media faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Jamoa tomonidan yaratilayotgan media mahsulotlar, amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusida ushbu yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan rejalar taqdim etildi. REVO Media orqali texnologik loyihalarni keng auditoriyaga tushunarli va zamonaviy formatlarda yetkazish, mahalliy IT ekotizimidagi yangilik va imkoniyatlarni media orqali yoritish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Maqsad — xalqaro bozorga chiqadigan mahsulotlar yaratish

Uchrashuv davomida yangi texnologik loyihalarni rivojlantirish, ularning imkoniyatlarini kengaytirish hamda kelgusida xalqaro bozorlarga olib chiqish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. Vazirning tashrifi Revolution Global jamoasi uchun amalga oshirilayotgan ishlarni taqdim etish bilan bir qatorda, mavjud loyihalarning keyingi rivojlanish bosqichlarini muhokama qilish uchun ham muhim imkoniyat bo‘ldi.

Revolution Global o‘z oldiga mahalliy muammolarga zamonaviy texnologiyalar orqali yechim beradigan va kelajakda xalqaro bozorda raqobatlasha oladigan raqamli mahsulotlarni yaratish maqsadini qo‘ygan.

Boshqa yangiliklar