22-sentabr kuni Toshkentdagi CAEx majmuasida ICTWEEK Uzbekistan 2026 xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi start oldi. 25-sentabrgacha davom etadigan tadbir O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarning IT sohasi vakillari, texnologik kompaniyalari, startaplari hamda ekspertlarini bir maydonda jamladi. Bu yilgi ICTWEEK’da 51 mamlakat, 300 dan ortiq ko‘rgazma ishtirokchisi, 200 dan ziyod spiker va ekspert qatnashishi, tadbirga esa 25 mingdan ortiq mehmon tashrif buyurishi kutilmoqda.
REVO ham ICTWEEK Uzbekistan 2026’da o‘z pavilyoni bilan ishtirok etib, Revolution Global tomonidan yaratilgan IT mahsulotlari va texnologik yechimlarni namoyish etmoqda. Ko‘rgazma mehmonlari REVO pavilyonida Avtomato, REVO Lab, REVO Play, REVO Media, VOICE, Bitim, VIS va ParvozSIM kabi loyihalar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega.
Ushbu mahsulotlar turli yo‘nalishlardagi raqamli yechimlarni birlashtirib, Revolution Global’ning texnologik ekotizimini namoyon etadi. Tashrif buyuruvchilar mahsulotlarning imkoniyatlari bilan tanishishi, ularning ishlash jarayonini ko‘rishi hamda REVO vakillari bilan bevosita muloqot qilishi mumkin.
Yangi aloqalar va yangi imkoniyatlar
ICTWEEK doirasida sun’iy intellekt, FinTech, Blockchain, IoT, E-commerce va boshqa zamonaviy texnologik yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tadbir dasturidan 20 dan ortiq xalqaro forum va sammitlar ham o‘rin olgan. REVO uchun ICTWEEK’da ishtirok etish — Revolution Global tomonidan yaratilgan IT mahsulotlarini mahalliy va xalqaro auditoriyaga taqdim etish, yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, tajriba almashish va kompaniyaning texnologik ekotizimi imkoniyatlarini namoyish etish uchun muhim maydon hisoblanadi.
ICTWEEK Uzbekistan 2026 davom etmoqda. Oldinda yangi uchrashuvlar, hamkorliklar va REVO texnologik mahsulotlari uchun yangi imkoniyatlar bor.