QA Engineer

Samarqand

Taklif etilayotgan ish haqi: $300 - $900

Tajriba: kamida 1 yil

Bandlik turi: To‘liq stavkada

Ish jadvali: 6/1

Ish vaqti: kuniga 7 soat, haftasiga 42 soat

Ish formati: oflayn (Samarqand)

Sizning vazifalaringiz:

• Dasturlarni UX/UI tomondan tekshirish;

• Foydalanuvchiga noqulaylik tug'diradigan to'siqlarni va noaniqliklarni aniqlash;

• Backend API so'rovlarini sinovdan o'tkazish;

• Reliz qilishdan oldin sinovdan o'tkazish;

• Bug tracker va test hujjatlari bilan ishlash;

• Jamoa bilan o'zaro aloqada bo'lish;

Talablar:

• Web va mobil dasturlarni funksional test qilishni bilishi kerak;

• Jamoaviy ishlay olish qobiliyati

• Appium yoki boshqa avtomatlashtirish testlash vositasi bo‘yicha tajriba — katta afzallik.

• SQL so'rovlarini yozishni va database-ni tushunishi;

• Ingliz tilini minimum intermediate darajada bilishi kerak;

• Qiyinchiliklardan qo'rqmaslik va doimiy o'rganishga chanqoqlik.

Biz taklif qilamiz:

• O‘zbekiston mehnat qonunchiligi asosida rasmiy ishga joylashuv

• Samarqandga ko‘chib o‘tishda yordam

• Bepul turar joy

• Iqtidorli va samimiy jamoa

• Qulay va zamonaviy ish muhiti bo‘lgan ofis

QA Engineer pozitsiyasiga ariza topshiring.

Ishga ariza topshiring va birga o‘sib boring.

Maʼlumotlaringizni kiriting
maksimal 10mb .pdf .doc .docx