Taklif etilayotgan ish haqi: $500 - $1400
Revolution Global kompaniyasiga HR Manager lavozimiga iqtidorli va tajribali mutaxassis qidiryapmiz!
Kompaniya haqida: Revolution Global fintech va e-commerce yo‘nalishlarida bir necha yildan beri faoliyat yuritib, ko‘plab muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Tez o‘sayotgan jamoamizga professional HR menejer kerak.
Sizdan kutamiz:
- HR yo‘nalishida kamida 2 yillik ish tajribasi;
- Yaxshi tashkilotchilik va kommunikatsiya ko‘nikmalari;
- Ishga qabul qilish, onboarding va xodimlarni rivojlantirish jarayonlarini bilish;
- Mehnat qonunchiligi va HR siyosatlari bo‘yicha bilimga ega bo‘lish;
- O‘zbek va rus tillarini yaxshi bilish, ingliz tili – afzallik;
- Mas’uliyatli, jamoaviy ishlashga tayyor, tashabbuskor bo‘lish.
Vazifalar:
- Yangi xodimlarni izlash, suhbat o‘tkazish va ishga qabul qilish;
- HR jarayonlarini avtomatlashtirish va optimallashtirish;
- Jamoa ichida sog‘lom muhit yaratish va qo‘llab-quvvatlash;
- KPI va motivatsiya tizimlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- Ichki HR hujjatlarini yuritish va mehnat qonunchiligiga rioya qilishni ta’minlash.
Biz sizga taklif qilamiz:
- Raqobatbardosh oylik va rasmiy ishga joylashtirish (O‘zbekiston qonunchiligi asosida);
- Toshkentdagi ofisda qulay sharoitlar;
- Yaxshi muhit va professional jamoa;
- Doimiy rivojlanish va o‘sish imkoniyati;
- Agar zarur bo‘lsa – yashash uchun yordam (Toshkentda).
📍 Ish joyi: Toshkent (ofisda ishlash ustunlik beradi, lekin masofaviy format ham ko‘rib chiqiladi)